Pedagogika va psixologiya
Fakultet ma`muriyati



Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti tarkibida pedagogika fakulteti “Maktabgacha tarbiya guruhi” sifatida 1935 yildan o`z faoliyatini boshlagan. O`sha davrda fakultetning 1-kursiga 20 nafar talaba qabul qilingan bo`lib, maktabgacha ta’lim muassasalariga oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlab berish bo`yicha Farg`ona vodiysida yagona, respublikada ikkinchi ilm dargohi hisoblangan.
Fakultet tarixida O.Muhammadjonov, Z.A.Kalonxo`jayeva, B.Ibragimov, N.Yoqubov, M.M.Hoshimova, O`.Toshtemirov, L.Zohidov, R.Hoshimov, S.To`ychiyev, S.Obidjonova, N. Erkaboyeva, G`. Najmiddinov kabi professor-o`qituvchilarning xizmatlari katta bo`lgan.
Pedagogika fakulteti 1998- yilda boshlang`ich ta’lim metodikasi va pedagogika psixologiya fakultetlari negizida kengaytirildi. 2005-yil sentyabr oyida musiqiy ta’lim yo`nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo`shildi. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 28 fevraldagi 52-sonli buyrugiga ko`ra fakultet tarkibiy tuzilmasiga o`zgartirishlar kiritildi. Unda boshlangich ta’lim metodikasi yo`nalishi va maktabgacha ta’lim yo`nalishlari alohida fakultet qilib ajratilgan. 2015 yil mart oyida Mehnat ta’limi va Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo`nalishi ham pedagogika fakulteti tarkibiga qo`shildi.
2019 yil oktabr oyidan pedagogika fakultetining Musiqa ta’limi, Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, Mehnat ta’limi yo’nalishlari “San’at” fakulteti tasarrufiga o`tkazildi.
2019-2020 o`quv yilidan 12.10.2019¹800 U-sonli buyrug’iga asosan pedagogika fakulteti negizida “Maktab menejmenti” ta’lim yo`nalishi ochildi.
2019-2020 o`quv yilidan boshlab pedagogika fakultetida 3 ta ta’lim yo`nalishi
1. 5110900-Pedagogika va psixologiya
2. 5111900-Defektologiya
3. 5611700-Maktab menejmenti ta’lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda
2019 yilda Institut 12.10.2019 ¹800 U-sonli buyurig`iga asososan fakultetlararo “Umumiy pedagogika va psixologiya” kafedrasi pedagogika fakulteti tasarrufiga o`tkazildi.
Fakultetga 1998-2005 yillarda N.Erkaboyeva, 2005-2008 yillarda dotsent I.P.Po`latov dekanlik qilgan. Ayni paytda fakultetni p.f.d., N.Erkaboyeva boshqarib kelmoqda.
Fakultetda 3 ta ta’lim yo`nalishida 680 nafar talaba tahsil olmoqda.
2018-2019 o`quv yilidagi Pedagogika va psixologiya kafedrasi qoshida “Ta’lim tizimini boshqarish” ixtisosligidan magistratura yo`nalishi ochildi.