Jismoniy madaniyat
Fakultet ma`muriyati

Maxkamov Akmal Yuldashevich
Dekan

Abdullayev Rustam Abduvaliyevich
Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari

Tursunov Mirkamol Turdaliyevich
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti fakultetlari ichida Jismoniy madaniyat fakulteti o‘zining alohida o‘rni hamda o‘z tarixiga egadir. Jismoniy madaniyat fakulteti 1961 yilda institut qoshida Jismoniy tarbiya bo‘limi bo‘lib ochilgan va shu yili 1-kursiga talabalarni qabul qilish ommaviy sport ishlarini rivojlantirish tarixida muhim voqea bo‘lib esda qolgan. Ushbu xolat kafedra asosida tashkil etilgan. Uning mudirligiga dotsent S.A.Ushakov tayinlangan.
Jismoniy madaniyat fakultetida taxsil olgan va olayotgan talabalar ichida bugungi kunga qadar ko‘plab fan nomzodlari hamda Jahon xamda Olimpiada chempionlari etishib chiqqan. Bunga misol O‘zbekiston Respublikasinining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Qo‘qon shahriga tashrif buyurishganda sportchilardan ko‘rishganlar va suxbatlashganlar. Ushbu suhbat jarayonida Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati chempioni, oltin medal sohibi Sharipov Oybek Ozodbekovich hamda 2016 yil Brazilyaning Rio-do Janero shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiada musobaqasida sportning boks turi bo‘yicha “Kumush medal” sohibi Meliqo‘ziyev Bektemir Ro‘matjon o‘g‘li ko‘plab musobaqalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qildi va O‘zbekiston Respublikasinining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan munosib taqdirlangan. 2019 yil 11-17 noyabr kunlari Mongoliya davlatining Ulanbatar shaxrida bo`lib o`tgan boks bo`yicha Osiyo chempionati musobakasida 69 kg da Ismoilov Nurislom va 56 kg da Rasuljonov Xurshidjonlar kumush medal qo`lga kiritishgan.
2019 yil 26-28 noyabr kunlari Kirgizistonni Beshkek shaxrida Bel olish kurashi bo`yicha Osiyo chempianatida 3 kurs talabasi Toshmuxammedov Javoxir 55 kg da kumush medal soxibi bo`lgan.
Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari tomonidan sport natijalari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarida xam katta yutuqlarga erishilib, bulardan Muminov Sherzod 2002 yilda «Navoiy» nomli stipendiya, 2017 yilda Melikuziyev Bektemir Ruzimatjon o`g`li «Islom Karimov» nomli stipendiya, 2017 yilda Melikuziyev Bektemir Ruzimatjon o`g`li OTM lar o`rtasida o`tkazilgan «Yil talabasi» tanlovi g`olibi, 2018 yil Ergashev Shaxboz «Navoiy» nomli stipediya, 2019 yil Odilova Iroda Otabek qizi «Navoiy» stipendiyati soxiblari xisoblanishadi ..
Fakultet professor-o`qituvchilari va talabalari tomonidan erishilgan yutuqlar bo`yicha yil davomida OAV lari ya’ni Uzbekiston 24, Sport, Farg`ona telvideniyasi tomonidan muntazam yoritib borilgan.