Maktabgacha ta`lim
Fakultet ma`muriyati

Maktabgacha va boshlang`ich ta’lim fakulteti 2015-yilda
Pedagogika fakultetidan ajralib chiqqan. 2015 yildan Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida Boshlang’ich ta’lim va maktabgacha ta’lim yo`nalishlari bo`yicha mutaxassis kadrlar tayyorlanib kelmoqda. 2015-2017 yillar davomida k.f.n dotsent M. Maqsudov boshqargan. 2018-yildan buyon Fakultetni pedagogika fanlar nomzodi, dotsent Olimov Baxtiyor Usmonovich boshqarib kelmoqda.
Fakultetda quyidagi ta’lim yo`nalishlari mavjud:
1.Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi
2.Maktabgacha ta’lim
Fakultetda jami 50 nafar professor-o`qituvchilar bo`lib, 14 nafari ilmiy darajalidir. Fakultetda jami 844 nafar talaba bo`lib, shundan Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi ta’lim yo`nalishida 19 ta guruhda 523 nafar, Maktabgacha ta’lim yo`nalishida 16 ta guruhda 321 nafar talaba taxsil olmoqda.
Fakultetda shu kungacha 1 nafar Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori,12 nafar sport chempionlari bor.
Fakultetimizda hozirgi kunda bir qator vazifalar va faoliyatlar yulga quyilgan:
· Maktabgacha ta’lim muassasalari va umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun zamon talabi asosidagi kadrlar tayyorlash
· Fakultetda ta’lim va tarbiya olish uchun modernizatsiyalashgan shart- sharoitlar yaratilgan
· Fakultetda har bir o`tkazilgan kun mazmuniga ega
· Siz yosh bolalar bilan ishlashdagi sharafli va ma’sulyatli baxtga ega bo`lasiz