Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti 1931 yil yanvar oyida kechki pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan.

Institut 1939-1940 o`quv yilidan boshlab kunduzgi davlat o`qituvchilar institutiga aylantirilgan. 1943- yildan xotin-qiz o`qituvchilar instituti, 1954 yildan xotin-qizlar davlat pedagogika institutiga aylantirilgan.

1943 yil oktyabr oyidan boshlab institutga demokrat shoir Muqimiy nomi berilgan.

O`tgan davr mobaynida Qo`qon davlat pedagogika instituti kichik bir ta`lim maskanidan yirik oliy ta`lim muassasasigacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdi. Institut tashkil topgan vaqtda u uch bo`limdan iborat bo`lib, ularda xammasi bo`lib 60 nafar talaba taxsil olgan bo`lsa, xozirgi kunda institut tarkibida mavjud bo`lgan 8 ta (fizika-matematika, pedagogika, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim, o`zbek tili va adabiyoti, chet tillar, tabiiy fanlar, tarix, jismoniy madaniyat) fakultetlarda 20 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha 5062 nafar bakalavrlar va 8 ta magistratura mutaxassisliklari bo`yicha 77 nafar magistrlar tayyorlanmoqda.

Institutda pedagog kadrlar tayyorlanayotgan 20 ta ta`lim yo`nalishi va 8 ta magistratura mutaxassisliklari Davlat ta`lim standartlari, o`quv reja va dasturlar bilan to`liq ta`minlangan. Jumladan,  2015-2016 o`quv yilidagi bakalavriat ta`lim yo`nalishlari 3-4-kurslar uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2011 yil 16 sentyabrdagi 387-sonli, 2-kurslar uchun 2014 yil 10 martdagi 84-sonli buyruqlari bilan  xamda 1-kurslar uchun 2015 yil 31 avgustdagi 303-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “110000-Pedagogika” ta`lim soxasining davlat ta`lim standartlari va o`quv rejalari asosida, magistratura mutaxassisliklari 2-kurslari uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2014 yil 13 fevraldagi 47-sonli  buyrug`i xamda 1-kurslari uchun 2015 yil 31 avgustdagi 303-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “110000-Pedagogika” ta`lim soxasining davlat ta`lim standartlari va o`quv rejalari asosida ishchi o`quv rejalari ishlab chiqilgan.

Tasdiqlangan davlat ta`lim standartlari, malaka talablari, namunaviy xamda ishchi o`quv rejalari bilan barcha mutaxassis chiqaruvchi kafedralar xamda fakultetlar to`liq ta`minlangan.

O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2015 yil 9 sentyabrdagi 5-2015-sonli “Oliy ta`lim muassasasi professor-o`qituvchilar tarkibining o`quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma`naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to`g`risida” gi buyrug`i (O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2015 yil 19 oktyabrda ro`yxatdan o`tkazilgan) dan kelib chiqqan holda  2015-2016 o`quv yilida belgilangan bir professor-o`qituvchiga to`g`ri keladigan talabalar soni nisbatining 1:10,5 me`yorda shtatlar aniqlanib professor-o`qituvchilarga yillik o`quv yuklamalar aniqlandi xamda kafedralardagi xar bir professor-o`qituvchilarga yetkazildi, professor-o`qituvchilarning shaxsiy ish rejalari talab darajasida to`ldirildi xamda tasdiqlandi.

Bugungi kunda Qo`qon davlat pedagogika instituti zamonaviy pedagogik kadrlarni tayyorlovchi respublikamizdagi yirik pedagogika muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda institut o`zining zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega bo`lib, 269 ta zamonaviy o`quv xonalari bugungi kun talablari bilan jihozlangan. 21 ta o`quv labaratoriya xonalari, bitta stadion, 4 ta basketbol va voleybol maydonlari, 3 ta yopiq sport zali, zamonaviy ARM, fakultetlarda tashkil etilgan kompyuter xonalarida mavjud bo`lgan 396 ta kompyuterlar, 3 ta binodan iborat barcha qulayliklarga ega bo`lgan talabalar turar-joylari, 250 o`rinli oshxona talabalarga xizmat ko`rsatmoqda.

Hozirda, Qo`qon davlat pedagogika institutida 24 ta kafedralar mavjud bo`lib, ularda 4 nafar fan doktori, professorlar, 85 nafar fan nomzodlari dotsentlar, 93 nafar katta o`qituvchilar, 253 nafar o`qituvchilar yoshlarga ta`lim – tarbiya berib kelmoqdalar.

2015-2016 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 24 fevraldagi “Oliy talim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 32-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida tanlovning institut bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi xamda 3 ta nominasiya bo`yicha g`oliblar Respublika bosqichiga tavsiya etilib, “Oliy ta`lim muassasasining eng yaxshi pedagogi“ tanlovini Respublika bosqichini o`tkazish Tashkiliy qo`mitasining 2015 yil 28 sentyabrdagi 2-sonli majlis bayoni qaroriga asosan  ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent N.Babayeva “Innovasiya va axborot texnologiyalarini ko`p qo`llaydigan eng yaxshi pedagog” nominasiyasi bo`yicha 1-o`rinni egalladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy talim muassasalarining raxbar va pedagog kadrlarni qayta  tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-4732-son Farmoni ijrosini ta`minlash maqsadida institut professor-o`qituvchilaridan 2016 yil may oyiga qadar 80 nafari mutaxassisliklari bo`yicha o`z malakalarini oshirdilar.

Ta`lim yo`nalish bitiruvchi talabalarining BMI mavzulari zahirasini davr talabi va fandagi yangiliklar asosida qayta ko`rib chiqildi hamda yangi mavzular bilan boyitildi. BMI mavzulari dolzarb, muhim masalalarga qaratilgan bo`lib, avvalgi bajarilgan mavzulardan farq qiladi. Institutda mavjud kafedralarda bitiruv malakaviy ishlarning  yangilanishi, dolzarbligi hamda  amaliyot  bilan bog`liqligiga alohida e`tibor qaratilgan.

Bitiruv malakaviy ish  mavzulari maktab,  litsey hamda kasb-hunar kollejlarida o`qitiladigan fanlarga bevosita bog`langan.

Malakaviy amaliyot O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari talabalirining malakaviy amaliyoti haqida” gi Nizomiga asosan tashkil etildi. Institutda talabalarni pedagogik faoliyatga tayorlashni yaxshilash, o`qituvchilarning pedagogik faoliyatini O`zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning 3.3 bandiga muvofiq ta`lim turlari o`rtasidagi o`zaro integrasiya jarayonini chuqurlashtirish hamda ular orasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta`minlash maqsadida Qo`qon shahri hamda tumanlardagi umumta`lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari raxbariyatlari bilan pedagogik amaliyot o`tash bo`yicha shartnomalar tuzilgan.

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi  tomonidan  2005 yil 6 avgusdagi 1506-son bilan ruyxatdan o`tkazilgan O`zbekiston  Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O`zbekiston Respublikasi  Oliy va o`rta  maxsus  ta`limi  vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, O`zbekiston Respublikasi  mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi tomonidan  2005 yil 7 iyuldagi 58,154-1, 19, va 02/2658-sonli  qarori bilan tasdiqlangan “Kadrlarni davlat grantlari  asosida  maqsadli tayyorlash  tartibi  to`g`risida” gi Nizom ijrosini ta`minlash maqsadida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ishga joylashtirish mexanizmi shakllantirildi.

Qo`qon davlat pedagogika instituti ayniqsa mustaqillik yillarida misli ko`rilmagan darajada o`zgardi. O`tgan 25 yil davomida institutning moddiy-texnika bazasi mustaxkamlandi, yangi ta`lim yo`nalishlari tashkil etildi. Mazkur davrda institutning barcha o`quv korpuslari qayta ta`mirlandi, zamonaviy o`quv xonalari tashkil etildi.

SHuningdek, 2004 yilda institut xududidagi o`yingohda 3 qavatli o`quv binosi hamda yopiq sport zali qurilib, jismoniy madaniyat fakulteti talabari uchun foydalanishga topshirilgan.

2006 yilda Qo`qon poyafzal fabrikasiga qarashli 9 qavatli ma`muriy binosi institut balansiga o`tkazilib, qayta ta`mirlanib o`quv binosiga aylantirildi.

2011 yilda Qo`qon shahar XTMMTTE bo`limiga qarashli 28-umumiy o`rta ta`lim maktabining 3 qavatli binosi institut balansiga o`tkazilib, mukammal ta`mirdan chiqarilib o`quv binosiga aylantirildi. Uning natijasida institutda o`quv jarayoni 1 smenada tashkil etilmoqda.

Xozirgi kunga kelib 21 ta kompyuter sinfi, 7 ta lingafon sinfi va 21 ta o`quv laboratoriya xonalari, institutda mavjud 496 ta kompyuter, 101 ta printer, 17 ta nusxa ko`chirish apparati, 17 ta skaner, 5 ta faks, 34 ta proektor, 3 ta elektron doska, 1 ta radiouzel, 20 dan ortiq  WEB-kameralar o`quv jarayonida unumli foydalanib kelinmoqda. Institutda o`tilayotgan dars mashg`ulotlari axborot texnologiyalarni,  videoproektorlarni  qo`llagan xolda o`tkazilmoqda. Bu esa ta`lim sifat va samaradorligini oshirishga zamin bo`lmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” gi PQ – 1875 – sonli qarori ijrosini ta`minlash maqsadida 16 ta xona komp`yuter, lingofon va boshqa ko`rgazmali qurollar bilan qaytadan jixozlandi.

Institut pedagog-xodimlariga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari hamda chet tillarni o`rgatish bo`yicha kurslar tashkil etildi va  bu kurslar o`z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ta`lim-tarbiya soxasida, yoshlarni puxta bilim olishlarida zamonaviy axborot manbaalarining o`rni beqiyos, albatta 2006 yilda tashkil etilgan institut ARM bugungi kunda 262841 nusxadagi kitob jamg`armasiga ega. SHuningdek, zamonaviy o`quv zali to`liq kompyuterlashgan bo`lib, bu erda talabalar ilmiy adabiyotlarning elektron nusxalaridan ham foydalanish imkoniyatiga egalar. Institutimizda ARM bazasini doimiy ravishda kengaytirilib berishga aloxida e`tibor qaratilmoqda. Birgina 2015 yilda 2518 nusxada o`quv adabiyotlari, 1499 nusxa badiiy adabiyotlar olindi.

Axborot-resurs markazidagi mavjud elektron kutubxonaning jami fondi 686,5 GB xajmda bo`lib, 77825 nomdagi elektron versiyalardan iborat. SHundan 20161 nomda darslik, 42991 nomda o`quv qo`llanma, 876 nomda ilmiy adabiyotlar, 9265 nomda badiiy adabiyotlar, 4928 nomda uslubiy qo`llanma, 3532 nomda boshqa  nomdagi adabiyotlarni tashkil qiladi. Elektron kutubxona ma`lumotlar bazasidan foydalanuvchilarga elektron adabiyotlarni fleshka va kompakt disklarga yozib berish imkoniyatlari mavjud.

O`quv jarayoni va o`quv-uslubiy faoliyatini modernizasiyalash hamda innovasion ta`lim texnologiyalarini joriy etish bo`yicha o`quv rejalaridagi barcha fanlarni o`quv-uslubiy majmualari va fanlar bo`yicha barcha zarur modul (sillabus, taqdimot, o`quv materiali va topshiriqlar) lar ishlab chiqildi, ularning qog`oz va elektron variantlari kafedralar hamda institut axborot-resurs markaziga joylashtirilgan.

  Muqimiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika instituti yirik ilmiy maskanlardan biri ham hisoblanadi. Institutimizda mustaqillik yillarida 7 nafar fan doktori, 114 nafar fan nomzodlari hamda  falsafa doktorlari (PhD)lar  etishib chiqdi. Institut professor-o`qituvchilari bir qator xorijiy ilmiy muassasalar bilan ham hamkorlik aloqalarini o`rnatganlar. O`tgan davr mobaynida instituta pedagog xodimlari tomonidan 5 ta davlat granti xamda 3 ta xalqaro grant bajarildi va bajarilmoqda.

Biologiya o`qitish metodikasi kafedrasi o`qituvchisi, biologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) Àbdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich “Tovar baliq chavoqlarini yetishtirishda tabiiy ozuqa bazasi-plankton organizmlarni ko`paytirish usullari va ularning amaliy ahamiyati” mavzusidagi loyihasi bajarilmoqda.

Hozirgi kunda ÀQSh davlatining O`zbekistondagi elchixonasi tomonidan e`lon qilingan “English access microscholarship program” grant loyiha oshirilmoqda.

2020 yilda institutda falsafa fanlari doktori (PhD) bo`yicha 15 ta hamda filologiya fanlari doktori (DSc) bo`yicha 1 ta dissertatsiya himoyalari bo`lib o`tdi.

Institutda 2020 - yilda 11 ta monografiya, 8 ta darslik 44 ta o`quv qo`llanma Institutda 2020 - yilda 11 ta monografiya, 8 ta darslik 44 ta o`quv qo`llanma 5 ta patent hamda 35 ta  mualliflik  guvohnoma, 8 ta ilmiy-uslubiy maqolalar to`plamlarida 875 ta maqolalari  nashr ettirildi.

5 ta patent hamda 35 ta  mualliflik  guvohnoma, 8 ta ilmiy-uslubiy maqolalar to`plamlarida 875 ta maqolalari  nashr ettirildi.

Professor-o`qituvchilarning (“Web of Science”, “Scopus” va boshqa xalqaro e`tirof etilgan bazalarga kiritilgan jurnallarda 93 ta, nufuzli Respublika OAK tasarrufidagi ilmiy  jurnallarida e`lon qilingan maqolalari soni   236 tani, xalqaro  ilmiy jurnallarda 288 tani  tashkil etdi,   professor-o`qituvchi xalqaro 199 hamda 345 tasi respublika miqyosida o`tkazilgan konferentsiyalarda ishtirok etdi.

Qo`qon davlat pedagogika institutida ayniqsa iqtidorli talabalar bilan ishlashda bir qator ishlar amalga oshirilgan. Mustaqillik yillarida institut talabalaridan 80 nafari Beruniy, Ulug`bek, Navoiy, I.Karimov hamda 1 nafari Prezident stipendianti degan sharafli nomga ega bo`ldilar.

Bunday yutuqlarning qo`lga kiritilishida intitutda faoliyat olib borayotgan 100 dan ortiq fan, ijtimoiy madaniy va sport to`garaklarining hissasi katta ekanligini yanada ta`kidlash lozim.

Institut professor o`qituvchilari viloyatimizda joylashgan Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablariga o`quv, o`quv-uslubiy masalalarda har tomonlama yordam ko`rsatmoqdalar. Qo`qon davlat pedagogika instituti va xalq ta`limi boshqarmasi, VXTXQTUMOI o`rtasida “Farg`ona viloyati umumiy o`rta ta`lim muassasalarini ilmiy-metodik qo`llab quvvatlash tog`risida”gi qo`shma buyrug`iga muofiq institut kafedralarining joylarda “Mahorat maktablari” tashkil etigan bo`lib, o`zaro hamkorlik yo`lga qo`yilgan.

Institutda yoshlarni har tomonlama barkamol shaxs bo`lib tarbiyalanishi masalasiga alohida e`tiborqaratilmoqda. Bunda ma`naviy-ma`rifiy, madaniy sohalarda olib borilayotgan ishlarning sifat va samaradorligiga kata ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda institut talabalaridan tashkil topgan “Tarona” ansambli, “Parvoz” teatr studiyasi faoliyat yuritmoqda. Sog`lom turmush tarzini qaror toptirishda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Institut talabalari viloyat va respublika tashkil etilgan bir qator ko`rik tanlov va festivallarda muvafaqqiyatli ishtirok etib, sovrinli o`rinlarni qo`lga kiritib kelmoqdalar.

Mustaqillik yillarida institut talabalari ayniqsa, sport sohasida salmoqli yutuqlarni qo`lga kiritdilar. Birgina 2015 yilda institutimiz talabalaridan 26 nafari sportning turli yo`nalishlari bo`yicha respublika va jahon miqyosidagi musobaqalarda muvafaqqiyatli qatnashib, 11 ta oltin, 13 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo`ldilar. O`tgan yilning so`zsiz eng katta yutug`i institutimiz talabasi Meliqo`ziyev Bektemirning boks bo`yicha Braziliyada o`tkazilgan olimpiada o`yinlariga yo`llanmani qo`lga kiritdi. 2016 yil butun jahon yozgi olimpiada o`yinlarida Meliqo`ziyev Bektemir munosib ishtirok etib kumush medaliga sazovor  bo`ldi.